"PAYSHANBA – YOSHLAR KUNI" DOIRASIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
2026-08-06 20:30:00 / Yangiliklar

"PAYSHANBA – YOSHLAR KUNI" DOIRASIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Bugun Navoiy shahar Xalq qabulxonasi binosida "Payshanba – Yoshlar kuni" munosabati bilan Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev boshchiligida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Qabulda 20 ga yaqin yoshlar hamda turli masalalar yuzasidan murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etdi. Ularning bandlikni ta'minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, uy-joy, kredit ajratish, ta'lim, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa yo‘nalishlardagi murojaat va takliflari atroflicha tinglandi.
Shahar hokimi har bir murojaatni alohida o‘rganib, mas'ul tashkilot va idoralar rahbarlariga ularni qonunchilik doirasida ijobiy hal etish hamda ijrosini qat'iy nazoratga olish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi.
Bunday sayyor qabullar yoshlar va fuqarolarning muammo hamda takliflarini bevosita o‘rganish, ularning huquq va manfaatlarini ta'minlash, dolzarb masalalarga tezkor yechim topish hamda davlat organlari bilan aholi o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati









