Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi
2026-08-05 14:05:00 / Yangiliklar

Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi
Navoiy shahar hokimligida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolarning kiberxavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda internet makonida sodir etilayotgan firibgarliklarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev hamda tegishli soha mas’ullari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatlarga qarshi immunitetni shakllantirish, fuqarolarning hushyorligini oshirish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish hamda turli kiberfiribgarliklarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, kiberjinoyatlarning oldini olish borasida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, aholiga tushuntirish ishlarini tizimli tashkil etish va mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati









