NAVBATDAGI SHAXSIY QABUL O‘TKAZILDI
2026-07-28 10:00:00 / Yangiliklar

NAVBATDAGI SHAXSIY QABUL O‘TKAZILDI
Navoiy shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi binosida Navoiy shahar hokimining birinchi o‘rinbosari O‘tkir Haqberdiyev tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, kommunal xizmatlar, bandlik, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, kadastr, ijtimoiy himoya hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat belgilangan tartibda atroflicha o‘rganilib, ularning mazmun-mohiyati yuzasidan fuqarolarga amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi. Ijobiy hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan tegishli mas'ul tashkilot va idoralarga aniq topshiriqlar yuklatilib, ijrosi nazoratga olindi.
Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar bo‘yicha esa mas'ullarga muddatlar belgilandi.
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini joyida o‘rganish va amaliy yechim topish Navoiy shahar hokimligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi shaxsiy va sayyor qabullar muntazam ravishda davom ettirilmoqda.
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati








