EZGU TASHABBUS: NAVOIY SHAHRI FUQAROLARI SAMARQAND ZIYORATIGA YO‘L OLDI
2026-07-14 08:10:00 / Yangiliklar

EZGU TASHABBUS: NAVOIY SHAHRI FUQAROLARI SAMARQAND ZIYORATIGA YO‘L OLDI
Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev tashabbusi bilan, shahar hokimligi, viloyat kasaba uyushmalari tashkiloti hamda shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida fuqarolar uchun ma'naviy-ma'rifiy sayohat va ziyorat tadbiri tashkil etildi.
Bugun erta tongdan Navoiy shahrining 50 ga yaqin fuqarolari Samarqand shahriga sayohatga kuzatildi. Mazkur sayohatning asosiy maqsadi ishtirokchilarning ma'naviy dunyosini boyitish, tarixiy-madaniy merosimiz bilan yaqindan tanishtirish, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish hamda mazmunli hordiq chiqarishlari uchun qulay sharoit yaratishdan iborat.
Sayohat davomida ishtirokchilar Samarqand shahridagi yurtimizning boy tarixi va milliy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan tarixiy obidalar, muqaddas ziyoratgohlar hamda diqqatga sazovor maskanlarni ziyorat qiladilar.
Bunday ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar fuqarolarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yanada kuchaytirish, shuningdek, ularning mazmunli dam olishlarini ta'minlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, ushbu ezgu tashabbus orqali fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish, ular o‘rtasida birdamlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash hamda yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosini keng targ‘ib etishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Bunday xayrli tashabbuslar kelgusida ham izchil davom ettirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, fuqarolar uchun mamlakatimizning turli tarixiy va muqaddas maskanlariga sayohat va ziyoratlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
BATAFSIL VIDEO
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati






