SHAHAR HOKIMI RAISLIGIDA NAVBATDAGI APPARAT YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
2026-07-06 14:30:00 / Majlislar

SHAHAR HOKIMI RAISLIGIDA NAVBATDAGI APPARAT YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
Bugun Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔹Yig‘ilishda shahar prokurori, IIB va DSI rahbarlari, shahar hokimining o‘rinbosarlari hamda tegishli shahar tashkilotlari va idoralarining rahbarlari ishtirok etdi.
🔹Dastlab, ijro intizomini yanada mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda yuqori turuvchi davlat organlaridan kelib tushgan topshiriq va vazifalarning o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq ijrosini ta'minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Har bir topshiriq yuzasidan mas'ullarning hisobotlari tinglanib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ijro intizomini kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
🔹Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, har bir murojaatni qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish va amaliy yechim topish, aholi bandligini ta'minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda xorijda mehnat qilib qaytgan fuqarolar va mehnat migrantlarining muammolarini hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🔹Yig‘ilish davomida Prezident olimpiadasi doirasida o‘tkazilgan sport musobaqalari birinchi va ikkinchi bosqichlarining yakunlari, yoshlarni ommaviy sportga jalb etish borasidagi ishlar ham muhokama qilinib, bu yo‘nalishdagi faoliyatni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
🔹Bundan tashqari, kredit qarzdorliklarini undirish, iqtisodiy ko‘rsatkichlar ijrosi, bugungi kundagi dolzarb masalalar hamda yaqin istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan mas'ullar axboroti eshitildi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha mavjud holat tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqilib, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
🔹Yig‘ilish yakunida Navoiy shahar hokimi barcha mas'ul rahbarlarni o‘z xizmat vazifalariga mas'uliyat bilan yondashishga, topshiriqlar ijrosini so‘zsiz ta'minlashga, aholi murojaatlariga alohida e'tibor qaratishga hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishga chaqirdi.
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati









