20 NAFAR YOSHLARGA BEPUL IT TA'LIM VAUCHERLARI TAQDIM ETILDI
2026-07-04 17:30:00 / Yangiliklar

20 NAFAR YOSHLARGA BEPUL IT TA'LIM VAUCHERLARI TAQDIM ETILDI
✅Navoiy shahrida hokimlik, yoshlar va IT sohasi vakillari ishtirokida ochiq muloqot o'tkazildi.
✅Tadbirda viloyat hokimi o'rinbosari Jamshid Xodjayev, Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev, IT Park vakillari, IT rezidentlari hamda faol yoshlar ishtirok etib, IT sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar, startap loyihalari va yoshlarni zamonaviy kasblarga yo'naltirish masalalari muhokama qilindi.
✅Uchrashuv yakunida 20 nafar yoshga IT yo'nalishida bepul ta'lim olish imkonini beruvchi vaucherlar topshirildi.
🎓Vaucher egalari:
✅IT kurslarida 100% bepul ta'lim oladi;
✅Amaliy mashg'ulotlarda malakali mentorlar bilan ishlaydi;
✅Zamonaviy kompyuter sinflarida tahsil oladi;
✅Kursni tamomlagach, sertifikatga ega bo'ladi.
BATAFSIL VIDEO
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati









