DIQQAT E'LON
2026-07-04 15:30:00 / Yangiliklar

NAVOIY SHAHRI FUQAROLARI DIQQATIGA!
📣Navoiy shahridagi Ekopark hududida viloyat hokimi o‘rinbosari va viloyat tashkilotlari, shahar hokimi, hokim o‘rinbosarlari hamda shahar tashkilotlari rahbarlari ishtirokida navbatdagi Mehnat yarmarkasi o‘tkaziladi.
📣Mazkur mehnat yarmarkasida:
🔹mahallalardagi ishsiz fuqarolar;
🔹"Ish bering" Telegram guruhiga ish so‘rab murojaat qilgan fuqarolar;
🔹oliy va professional ta'lim muassasalarini tamomlagan bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta'minlash maqsadida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etiladi;
✅🔹shuningdek, turli murojaat va muammolari mavjud fuqarolarning murojaatlari mas'ul rahbarlar tomonidan joyida ko‘rib chiqilib, ularning muammolariga amaliy yechimlar beriladi.
📅Sana: 2026-yil 6-iyul
🕓Vaqt: 16:00
📍Manzil: 👉Lokatsiya (https://maps.app.goo.gl/CBf4MEstbqy4pxpR6)
Navoiy shahri, Ekopark
🔔Ushbu manzilga 2- va 4-yo‘nalishdagi avtobuslar qatnaydi
👗Barcha ishsiz fuqarolar, ish izlayotgan yoshlar hamda murojaati mavjud fuqarolarni ushbu mehnat yarmarkasida faol ishtirok etishga chorlaymiz!
