SAYYOR QABUL
2026-07-03 12:50:00 / Yangiliklar

KIMYOGAR MAHALLASIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Bugun Navoiy shahri Kimyogar mahallasi hududida viloyat hokimi o‘rinbosari Malika Mamadiyarova, Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev, shahar prokurori Boburmirzo Oblakulov, IIB va DSI rahbarlari, shuningdek, shahar hokimining o‘rinbosarlari ishtirokida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida aholi tomonidan bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish, uy-joy, kadastr, kommunal xizmatlar, infratuzilma, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash hamda boshqa yo‘nalishlarga oid murojaatlar, taklif va muammolar tinglandi.









