HOKIM TABRIGI
2026-06-30 09:05:00 / Yangiliklar

AZIZ VA SHIJOATLI NAVOIY SHAHRI YOSHLARI!
QARDLI O'G'IL-QIZLARIM!
Avvalo, barchangizni yurtimiz hayotida alohida o'rin tutadigan, Vatanimiz taraqqiyoti va kelajagi timsoli bo'lgan 30-iyun – Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi, o'z iste'dod va salohiyatini to'liq namoyon etishi, tadbirkorlik bilan shug'ullanishi hamda jamiyat hayotida munosib o'rin egallashi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Hurmatli Prezidentimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan yuksak e'tibor va g'amxo'rlik tufayli sizlar Vatanimizning eng katta kuchi va tayanchiga aylanib bormoqdasiz.
Navoiy shahrida ham yoshlarning har tomonlama kamol topishi, ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, bandligini ta'minlash, sport, madaniyat, ta'lim va innovatsion loyihalarda faol ishtirok etishi uchun keng ko'lamli ishlar izchil amalga oshirilmoqda.
Erishayotgan yutuqlaringiz, xalqaro va respublika miqyosidagi muvaffaqiyatlaringiz biz uchun cheksiz faxr va g'urur manbaidir.
Aziz yoshlar!
Sizlarning bilimga chanqoqligingiz, Vatanga muhabbatingiz, yuksak maqsadlar sari dadil intilishingiz hamda fidokorona mehnatingiz Yangi O'zbekiston taraqqiyotining eng muhim omillaridan biridir. Ishonchim komilki, sizlar o'z iste'dodingiz, intilishlaringiz va tashabbuskorligingiz bilan yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo'shib, Navoiy shahrining hamda ona Vatanimizning yanada taraqqiy etishiga xizmat qilasiz.
Sizlarni ushbu qutlug' ayyom bilan yana bir bor shahrimiz faollari nomidan samimiy muborakbod etaman.
Barchangizga mustahkam sog'liq, baxt va omad, o'qish va mehnat faoliyatingizda ulkan zafarlar, oilaviy farovonlik, ezgu orzu-maqsadlaringiz ro'yobini tilayman. Doimo shijoatli, bilimli, Vatanga sadoqatli va xalqimiz ishonchiga munosib insonlar bo'lib kamol topishingizni tilayman.
Yoshlarimizning kuch-g'ayrati, bilim va salohiyati – Yangi O'zbekistonning porloq kelajagi garovidir!
Bayramingiz muborak bo'lsin!
Hurmat bilan,
Dilmurod Ergashev
Navoiy shahar hokimi
