G‘ALABA SHOH KO‘CHASIDA KENG KO‘LAMLI TA'MINLASH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI YAKUNIY PALLADA...
2026-06-29 18:45:00 / Yangiliklar

🌳G‘ALABA SHOH KO‘CHASIDA KENG KO‘LAMLI TA'MINLASH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI YAKUNIY PALLADA...
📹Avval xabar berganimizdek, Navoiy shahrining asosiy ko'chalaridan biri hisoblangan G‘alaba shoh ko‘chasida keng ko‘lamli obodonlashtirish, tozalik va ta’mirlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
📹Bugungacha ushbu hududda ko‘cha va yo‘l yoqalari tartibga keltirilib, yashil hududlar obodonlashtirildi, bino va inshootlarning tashqi qiyofasini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar uyushqoqlik bilan olib borildi.
Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev bugun mazkur hududda bo'lib, ish jarayonlarining bugungi holati, mas'ullar tomonidan topshiriqlar ijrosini sifatli bajarilishi, uylar va hududning yangilanish jarayonlari bilan birma-bir tanishdi.
🏡 Zero - Obod va ko‘rkam mahalla aholining kayfiyati va farovon hayotining ko‘zgusi.
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati









