🎓 "Oq yo'l sizga, aziz bitiruvchilar!"
2026-06-25 15:15:00 / Yangiliklar

🎓 "Oq yo'l sizga, aziz bitiruvchilar!"
🎓Navoiy shahridagi umumta'lim maktablarini muvaffaqiyatli tamomlab, o'z bilim va mehnati bilan 🥰oltin hamda 🥇kumush medallarga sazovor bo'lgan bitiruvchilar uchun tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbirda Navoiy shahar hokimi o'rinbosari Azimjon Yorqulov hamda Navoiy shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i S.Achilov ishtirok etib, yoshlarning erishgan yutuqlarini e'tirof etdilar va ularga kelgusi hayot yo'llarida muvaffaqiyatlar tiladilar.
"Oq yo'l sizga, aziz bitiruvchilar!" shiori ostida tashkil etilgan ushbu tadbir davomida joriy 2025–2026-o'quv yilini a'lo baholar bilan yakunlab, oltin va kumush medallarni qo'lga kiritgan 117 nafar bitiruvchi o'quvchi tantanali ravishda taqdirlandi.
Quvonchli lahzalarga boy bo'lgan marosimda medal sohiblarining ota-onalari, maktab direktorlari hamda ustozlari ham ishtirok etib, farzandlari va shogirdlarining muvaffaqiyatlariga guvoh bo'ldilar.









