Shahar hokimi boshchiligida hudud piyoda tarzda ko‘zdan kechirildi.
2026-06-20 13:20:00 / Yangiliklar

Shahar hokimi boshchiligida hudud piyoda tarzda ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida yo‘l bo‘ylab mavjud infratuzilma, obodonlashtirish holati, uy-joylarning tashqi ko‘rinishi, yashil hududlar hamda sanitariya masalalari birma-bir tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ko‘chaning yanada chiroyli va namunali maskanga aylanishida aholining ham faol ishtiroki muhimligi ta’kidlandi.
Obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, uylarning fasad qismlarini tartibga keltirish hamda hudud tozaligini saqlash yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.









