DXX kubogi musoboqalarining Navoiy shahar bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
2026-06-13 10:10:00 / Yangiliklar

DXX kubogi musoboqalarining Navoiy shahar bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Tadbirda Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev, viloyat hokimi o‘rinbosari J. Xodjayev, viloyat DXX rahbariyati hamda viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i L. Qayumov ishtirok etib, musobaqa g‘oliblarini samimiy tabrikladi va ularga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning futbol turi bo‘yicha o‘tkazilgan DXX kubogi musobaqalarida shahrimizdagi 33 ta mahalladan 1 200 nafardan ortiq futbolsevar yoshlar ishtirok etdi.
Musobaqaning shahar bosqichi yakunlariga ko‘ra, 108 nafar yoshlar g‘olib va sovrindor sifatida e’tirof etilib, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
🏆 G‘oliblar bilan tanishing:
⚽️ Mini futbol (qizlar) yo‘nalishi:
🥇 1-o‘rin — 3-sektor qizlar jamoasi
🥈 2-o‘rin — 4-sektor qizlar jamoasi
🥉 3-o‘rin — 1-sektor qizlar jamoasi
⚽️ Mini futbol (o‘g‘il bolalar) yo‘nalishi:
🥇 1-o‘rin — Yangiariq mahallasi jamoasi
🥈 2-o‘rin — Yangiobod mahallasi jamoasi
🥉 3-o‘rin — Zarafshon mahallasi jamoasi
⚽️ Katta futbol (o‘g‘il bolalar) yo‘nalishi:
🥇 1-o‘rin — Tinchlik mahallasi jamoasi
🥈 2-o‘rin — Yangiobod mahallasi jamoasi
🥉 3-o‘rin — Hayot mahallasi jamoasi
Musobaqada 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar hududiy bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
G‘olib jamoalarni muborakbod etamiz va keyingi bosqichlarda ularga ulkan zafarlar tilaymiz!









