1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni Navoiy shahrida keng nishonlanmoqda
2026-06-01 15:05:00 / Yangiliklar

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni Navoiy shahrida keng nishonlanmoqda
👁Bugun, 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Navoiy shahrida keng ko‘lamli bayram tadbirlari yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
👁Ayniqsa, Navoiy shahridagi Alisher Navoiy nomidagi markaziy madaniyat va istirohat bog‘i bayramning eng gavjum maskaniga aylangan.
👁Erta tongdan boshlab bog‘ hududiga yuzlab oilalar, bolajonlar va shahar mehmonlari tashrif buyurib, bayram shukuhidan bahramand bo‘lmoqda.
👁Bog‘da bolalar uchun turli madaniy-ko‘ngilochar dasturlar, qiziqarli viktorinalar, sport musobaqalari, ijodiy tanlovlar, ertak qahramonlari ishtirokidagi tomoshalar hamda konsert dasturlari tashkil etilgan.
👁Rang-barang sharlar, bolalar kulgusi va quvonchli qiyqiriqlari bog‘ga o‘zgacha fayz va shukuh bag‘ishlamoqda.







