SAYYOR QABUL
2026-05-07 19:00:00 / Yangiliklar
Chinor mahalla binosida Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev boshchiligida, hokim o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda.

Unda “Yoshlar kuni” doirasida ishsiz yoshlar, shuningdek, turli masalalar yuzasidan murojaat va takliflari bilan kelgan shahar fuqarolari ishtirok etib, o‘zlarini qiynayotgan muammolarni bevosita rahbarlarga yetkazish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
📹Murojaatlar joyida ko‘rib chiqilib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan amaliy choralar belgilanmoqda.









