PAYSHANBA YOSHLAR KUNI
2026-04-30 17:00:00 / Yangiliklar

ashrif davomida markazda yaratilgan zamonaviy sharoitlar, kitob fondi, elektron resurslar bazasi, o‘quv zallari hamda yoshlar uchun tashkil etilgan qulay muhit ko‘zdan kechirilmoqda. Shuningdek, kitobxonlikni keng targ‘ib etish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va salohiyatini oshirishga qaratilgan loyihalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar olinmoqda.
🙋♂Uchrashuv jarayonida yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi, ta’lim jarayonidagi ehtiyojlari, taklif va tashabbuslari tinglanmoqda. Yoshlar tomonidan bildirilgan fikrlar qo‘llab-quvvatlanib, ularni rag‘batlantirish hamda zamonaviy bilim olishlari uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🙋♂Mazkur tashrif yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning intellektual salohiyatini oshirish hamda ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.







