MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
2026-04-28 18:10:00 / Yangiliklar

MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
Bugun Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev raisligida bir qator dolzarb bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.
Mazkur yig‘ilishda shahar Prokurori, IIB hamda DSI mas’ullari, Prokuratura departamenti rahbari, hokim o‘rinbosarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish davomida shahardagi davlat ta’minoti ro‘yxatiga kiritilgan oilalar bilan ishlash holati, ularga biriktirilgan tashkilot rahbarlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, mahallalarda ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash, “Ish bering” telegram guruhi orqali kelib tushayotgan murojaatchilarni ishga joylashtirish, migratsiyadan qaytgan fuqarolar bilan ishlash hamda ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar natijadorligi, yashirin iqtisodiyotni bartaraf etish yuzasidan qilingan va bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar muhokama markazida bo‘ldi.
Bundan tashqari, mahalla raislari va hokim yordamchilari tomonidan muammoli kreditlarni undirish holati, mavjud kamchiliklar ham tanqidiy ruhda ko‘rib chiqildi. Har bir yo‘nalish kesimida mas’ullarning hisobotlari tinglanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.
Yig‘ilish yakunida shahar hokimi tomonidan barcha mutasaddilarga aholi bilan ishlashni yanada kuchaytirish, murojaatlarga tezkor va samarali yechim topish, bandlikni ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tizimli ravishda davom ettirish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati









