NAVOIY SHAHRIDA KENG KO‘LAMLI OMMAVIY SPORT TADBIRI O‘TKAZILMOQDA
2026-04-25 08:00:00 / Yangiliklar

NAVOIY SHAHRIDA KENG KO‘LAMLI OMMAVIY SPORT TADBIRI O‘TKAZILMOQDA
▶️Ayni paytda Navoiy shahrida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirish maqsadida keng ko‘lamli ommaviy sport tadbiri yuqori saviyada o'tkazilmoqda.
▶️Mazkur tadbir shahar hokimi Dilmurod Ergashev boshchiligida o‘tkazilib, unda 2000 dan ortiq korxona, tashkilot va muassasalar xodimlari, shuningdek, faol va ko‘ngilli aholi vakillari ham ishtirok etmoqda.
▶️Tadbir ertalabki badantarbiya mashqlari bilan boshlandi. Ishtirokchilar malakali murabbiylar boshchiligida turli jismoniy mashqlarni bajarib, kunni ko‘tarinki kayfiyatda boshlashmoqda. Ommaviy sport tadbiri davomida sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, muntazam jismoniy faollikning inson salomatligiga ijobiy ta’siri keng targ‘ib qilinmoqda.
▶️Tadbir nafaqat jismoniy chiniqish, balki jamoaviylik, birdamlik va ijobiy muhitni mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda. Shuningdek, bunday ommaviy sport tadbirlarini tizimli ravishda tashkil etish orqali aholining barcha qatlamlarini sportga jalb etish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda kelajakda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash maqsad qilingan.
▶️Navoiy shahrida o‘tkazilayotgan mazkur tadbir aholi tomonidan katta qiziqish va faollik bilan qo‘llab-quvvatlanib, bayramona ruhda davom etmoqda.
BATAFSIL VIDEO
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati









