NAVOIY SHAHRIDA 200 DAN ORTIQ FUQAROLAR UCHUN NAVBATDAGI BANDLIK VA MEHNAT YARMARKASI TASHKIL QILINDI
2026-04-23 19:10:00 / Yangiliklar

NAVOIY SHAHRIDA 200 DAN ORTIQ FUQAROLAR UCHUN NAVBATDAGI BANDLIK VA MEHNAT YARMARKASI TASHKIL QILINDI
↪️Bugun Navoiy shahrida “Yoshlar kuni” munosabati bilan ishsiz yoshlar hamda viloyat hokimi tashabbusi bilan tashkil qilingan “Ish bering” telegram guruhi orqali bandlik masalasida murojaat qilgan fuqarolar uchun navbatdagi bandlik va mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
↪️Mazkur tadbirda Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev, hokim o‘rinbosarlari, viloyat va shahar Bandlik tashkiloti mas’ullari, tegishli idora va tashkilotlar vakillari, shuningdek, bo‘sh ish o‘rinlari taklifi bilan ishtirok etgan korxona va muassasalar xodimlari qatnashdi. Yarmarkada 200 nafardan ortiq yoshlar hamda ishsiz fuqarolar faol ishtirok etdi.
↪️Tadbir davomida ishtirokchilarga turli sohalar bo‘yicha mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat shartlari va ishga joylashish imkoniyatlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Fuqarolar o‘z malaka va qiziqishlariga mos ish o‘rinlarini tanlash, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
↪️Shuningdek, yarmarka doirasida murojaatchilarning bandlikka oid muammolari individual tartibda ko‘rib chiqilib, ularni ish bilan ta’minlash, kasb-hunar o‘rganishga yo‘naltirish hamda qayta tayyorlash masalalari yuzasidan amaliy ko‘maklar berildi. Ayrim fuqarolar bilan joyida mehnat shartnomalari tuzish ishlari ham amalga oshirildi.
↪️Mazkur bandlik va mehnat yarmarkasi aholini, ayniqsa yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda bandlik darajasini yaxshilashga qaratilgan tizimli ishlarning muhim qismi sifatida tashkil etildi.
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati









