Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev 1-sonli umumta’lim maktabida bo‘ldi.
2026-04-23 14:30:00 / Yangiliklar

✅Bugun Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev “Yoshlar kuni” doirasidagi navbatdagi manzilda tegishli mutasaddilar ishtirokida shahrimizdagi 1-sonli umumta’lim maktabida bo‘ldi.
✅Uchrashuv davomida tarbiyasida va xulq-atvorida muammolar mavjud bo‘lgan hamda sababsiz dars mashg‘ulotlariga muntazam qatnashmayotgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
✅Suhbat jarayonida har bir holat atroflicha muhokama qilinib, o‘quvchilarning ta’limga qaytishini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda oilaviy muhitni yaxshilash yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, mutasaddi tashkilotlarga ushbu yo‘nalishda manzilli va tizimli ishlarni kuchaytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati







