OBOD MAHALLA — FAROVON HAYOT ASOSI
2026-04-21 16:50:00 / Yangiliklar

OBOD MAHALLA — FAROVON HAYOT ASOSI
Navbatdagi videoda “Yangi obod” mahallasining bugungi va ertangi qiyofasi e’tiboringizga havola etiladi.
Mahallada ayni kunlarda Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev boshchiligida va kunlik nazorati ostida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash hamda aholi uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish yo‘lida keng ko‘lamli ishlar qizg‘in olib borilmoqda.
“Yangi obod” mahallasining yaqin istiqboldagi yangilangan, obod va zamonaviy qiyofasi ushbu videoda o‘z aksini topadi.
VIDEOLAVHA
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati
