NAVOIY SHAHRIDA SPORTGA E’TIBOR: FUTBOL MUSOBAQASI YUQORI SAVIYADA TASHKIL ETILDI
2026-04-18 11:10:00 / Yangiliklar

NAVOIY SHAHRIDA SPORTGA E’TIBOR:
FUTBOL MUSOBAQASI YUQORI SAVIYADA TASHKIL ETILDI
⚽️Bugun Navoiy shahrida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish hamda jismoniy faollikni oshirish maqsadida navbatdagi sport tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
⚽️Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev boshchiligida o‘tkazilgan mazkur tadbir doirasida Navoiy shahar hokimligi, yoshlar yetakchilari hamda sport maktablari hamkorligida futbol musobaqasi tashkil etildi.
⚽️Bellashuvlar davomida ishtirokchilar tomonidan yuqori sport mahorati, jamoaviy hamjihatlik va g‘alabaga bo‘lgan intilish namoyon etildi. Ayniqsa, yosh futbolchilarning shijoati, qat’iyati va sportga bo‘lgan qiziqishi tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Musobaqalar adolatli va murosasiz kurashlar ostida o‘tib, tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
⚽️Bunday sport musobaqalarini muntazam tashkil etish yoshlar salomatligini mustahkamlash, ularni zararli illatlardan asrash hamda iqtidorli sportchilarni aniqlab, qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
⚽️Mazkur sport tadbiri yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi.
BATAFSIL VIDEO
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati






