“YANGIOBOD” MAHALLASI – YANGI QIYOFA SARI
2026-04-05 12:05:00 / Ochiq budjet

“YANGIOBOD” MAHALLASI – YANGI QIYOFA SARI
VIDEODA BATAFSIL TOMOSHA QILING
Navoiy shahrining “Yangiobod” mahallasida keng ko‘lamli yangilanish va bunyodkorlik ishlari izchil boshlab yuborildi. Mazkur hududni zamonaviy talablarga mos ravishda rivojlantirish, aholiga yanada qulay va farovon yashash sharoitlarini yaratish maqsadida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Rejalashtirilgan ishlar doirasida mahalla hududi tubdan yangilanib, uning infratuzilmasi zamon talablariga mos ravishda takomillashtiriladi.
Xususan, ichki ko‘chalar ta’mirlanib, yo‘llar va piyodalar yo‘laklari, jumladan, imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun mo‘ljallangan maxsus yo‘laklar barpo etiladi. Hududdagi yoritish tizimi to‘liq yangilanib, tungi paytda xavfsiz va qulay harakatlanish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
Shuningdek, aholi dam olishi uchun mo‘ljallangan o‘rindiqlar ta’mirlanib, yangilari o‘rnatiladi, hududda zamonaviy favvoralar barpo etilib, ko‘kalamzorlashtirish ishlari kengaytiriladi. Yangi daraxt ko‘chatlari ekilib, yashil hududlar salmog‘i sezilarli darajada oshiriladi.
Bundan tashqari, avtoturargohlar tashkil etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish ham asosiy yo‘nalishlardan biri etib belgilangan.
Hududdagi mavjud binolar ta’mirlanib, ularning tashqi ko‘rinishi zamonaviy arxitektura talablari asosida yangilanadi.
Mazkur bunyodkorlik ishlari puxta ishlab chiqilgan loyiha asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Ushbu loyiha mahallaning umumiy qiyofasini tubdan o‘zgartirib, uni zamonaviy, obod va aholi uchun barcha qulayliklarga ega maskanga aylantirishni ko‘zda tutadi.
Amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar natijasida “Yangiobod” mahallasi yaqin kelajakda nafaqat infratuzilma jihatidan rivojlangan, balki yashash uchun qulay va jozibador hududlardan biriga aylanadi.
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati
