NAVOIY SHAHRIDA “SALOMATLIK MARAFONI” BO‘LIB O‘TDI
2026-04-04 11:10:00 / Ochiq budjet

NAVOIY SHAHRIDA “SALOMATLIK MARAFONI” BO‘LIB O‘TDI
Bugun Navoiy shahrida “Salomatlik marafoni – baxtli hayotga qadam” shiori ostida keng ko‘lamli sport-sog‘lomlashtirish tadbiri tashkil etildi. Unda 2000 nafardan ortiq aholi vakillari, yoshlar hamda turli tashkilotlar mas’ullari faol ishtirok etdi.
Marafon doirasida Navoiy shahri hokimi Dilmurod Ergashev, viloyat hokimi o'rinbosari Jamshid Xodjayev hamda harbiy qism boshchiligida aholi vakillari bilan birgalikda ommaviy yurish tadbiri o‘tkazildi.
Ushbu yurish davomida ishtirokchilar sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, jismoniy faollikning inson salomatligiga ijobiy ta’siri haqida yana bir bor amaliy misolda namoyon bo‘ldi.
Tadbir yuqori kayfiyatda, tartibli va uyushgan holda tashkil etilib, unda ishtirok etgan barcha qatnashchilar uchun unutilmas taassurotlar qoldirdi. Bunday tadbirlar aholi salomatligini mustahkamlash, yoshlarni sportga jalb etish hamda jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. (https://t.me/Navoiy_shahar_axborot_xizmat)
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati




