HARBIY YOSHLAR BILAN SAMIMIY MULOQOT VA MADANIY KECHA
2026-04-02 23:05:00 / Ochiq budjet

HARBIY YOSHLAR BILAN SAMIMIY MULOQOT VA MADANIY KECHA
🔥Bugun Navoiy shahrida “Payshanba – Yoshlar kuni” munosabati bilan 7532-harbiy qismda xizmat qilayotgan askar yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy ruhdagi madaniy tadbir tashkil etildi.
🔥Tadbirda Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev hamda bir qator mutasaddi rahbarlar ishtirok etib, yosh harbiylar bilan samimiy muloqot olib bordi.
🔥Tadbir doirasida gulxan atrofida tashkil etilgan uchrashuv o‘ziga xos ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Unda so‘zga chiqqanlar tomonidan yurtimizda yoshlar, xususan, harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalanishi, jismoniy va ma’naviy kamoloti yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta’kidlab o‘tildi.
🔥Shuningdek, tadbir davomida shahar Madaniyat bo'limi san’atkorlari tomonidan kuy va qo‘shiqlar ijro etilib, askar yoshlarga bayramona kayfiyat ulashildi. Harbiy yoshlar ham faol ishtirok etib, o‘z iste’dodlarini namoyish etdilar, bu esa tadbirga yanada fayz bag‘ishladi.
🔥Mazkur madaniy tadbir yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, fidoyilik va yuksak mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati









