SHAHAR HOKIMI HUDUDLARDA
2026-04-01 20:10:00 / Ochiq budjet

Navoiy shahar hokimi, “TIANCHENG STONE” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan yangidan yo‘lga qo‘yilgan — eski yog‘och mahsulotlaridan tayyor qurilish materiallari, ya’ni DSP (yog‘och-qirindi plitasi) hamda DVP (yog‘och tolali plita) ishlab chiqarish loyihasidagi ish jarayonlari bilan ham yaqindan tanishdi.
Korxonada zamonaviy texnologiyalar asosida kuniga 280³ gacha tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvati mavjud bo‘lib, bu nafaqat ichki bozor ehtiyojini qondirish, balki eksport salohiyatini oshirishga ham xizmat qilmoqda.
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati









