NAVBATDAGI SAYYOR QABULI TASHKIL ETILDI
2026-03-31 21:05:00 / Ochiq budjet

NAVBATDAGI SAYYOR QABULI TASHKIL ETILDI
Aholi bilan bevosita ochiq muloqotda bo‘lish, ularning murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarga aniq yechimlar topish va ularni joyida bartaraf etish maqsadida Navoiy shahar hokimi va sektor rahbarlarining doimiy sayyor qabullari tashkil etib kelinmoqda.
Mazkur sayyor qabul fuqarolarning davlat idoralari bilan yaqin muloqotini ta’minlash, ularning ehtiyoj va muammolariga yechim topishga qaratilgan amaliy tadbir sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugun Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev boshchiligida, shahar IIb boshlig'i Ahmadali Qodirov, shahar hokimi o'rinbosarlari - sektor rahbarlari, mahalla mutasaddilari va tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida Navoiy shahar “Yangiobod” MFY binosida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Ushbu qabulda 30 ga yaqin fuqarolar o‘zlarining taklif, muammo va murojaatlari bilan ishtirok etishdi.
BATAFSIL VIDEO
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati









