SAYYOR QABUL
2026-03-25 17:05:00 / Ochiq budjet

Bugun Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev shahar Xalq qabulxonasi binosida fuqarolar uchun navbatdagi qabulini o‘tkazdi.
Qabul davomida 20 ga yaqin fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiynayotgan muammo va takliflari bilan murojaat qildilar. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar atroflicha tinglandi.
Shahar hokimi tomonidan har bir murojaat yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berilib, ayrim masalalarni joyida hal etish choralari ko‘rildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa nazoratga olinib, ularning qonuniy yechimini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
BATAFSIL VIDEO
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati









