NAVOIY — XORIJIY INVESTORLAR UCHUN JOZIBADOR HUDUD
2026-03-19 16:05:00 / Yangiliklar

NAVOIY — XORIJIY INVESTORLAR UCHUN JOZIBADOR HUDUD
Bugun Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev “TIANCHENG STONE” MChJ xorijiy korxonasi ta’sischisi janob Lei Fashun hamda Xitoyning qator yirik kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv ochiq, samimiy va o‘zaro ishonch ruhida o‘tkazildi. Dastlab mehmonlarga Navoiy viloyati, xususan Navoiy shahrining boy tabiiy resurslari, qulay geografik joylashuvi, rivojlangan sanoati hamda investorlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, hududda bir qator yirik sanoat va ishlab chiqarish korxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, logistika va transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, viloyatning sanoat, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, eksportbop mahsulotlar tayyorlash kabi yo‘nalishlarda salohiyati yuqori ekani alohida qayd etildi.
Muloqot davomida Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, sanoat va ishlab chiqarish sohalarida qo‘shma korxonalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, xususan mahsulotlarni chuqur qayta ishlash, issiqxona xo‘jaliklari va eksport yo‘nalishlarini kengaytirish bo‘yicha ham istiqbolli takliflar ilgari surildi.
🇺🇿🇨🇳Uchrashuv yakunida Navoiy shahri va Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda kelgusida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, tomonlar eksport salohiyatini oshirish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xalqaro bozorlarga chiqarish hamda hududga ilg‘or texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish borasida amaliy hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
BATAFSIL VIDEO
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati









