NAVOIY SHAHRIDA STARTAP LOYIHALAR TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TDI
2026-03-07 17:30:00 / Yangiliklar

NAVOIY SHAHRIDA STARTAP LOYIHALAR TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TDI
Navoiy shahri hokimi Dilmurod Ergashev shahardagi IT PARK NAVOIY STARTUP STUDIOda yosh startap loyihalar mualliflari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida hokim yoshlarning innovatsion g‘oyalari va startap loyihalari bilan yaqindan tanishib, ularning taqdimotlarini birma-bir ko‘rib chiqdi.
➡️“UnicalMed” loyihasi - ushbu loyiha klinikalar uchun mo‘ljallangan NFC asosidagi raqamli karta tizimi bo‘lib, unda kasallik tarixi, tahlil natijalari, suratlar hamda retseptlar yagona tizimda saqlanadi va bir necha soniya ichida topish imkonini beradi.
➡️“Praktoruz” loyihasi - mazkur loyiha onlayn test nazorat tizimi bo‘lib, bilimlarni zamonaviy va qulay tarzda baholash imkonini yaratadi.
➡️Piyodalar yurish yo‘laklaridan energiya olish, uni to‘plash va iste’molchilarga yetkazish g‘oyasiga asoslangan innovatsion loyihasi.
➡️“LeadNova” loyihasi - ushbu loyiha eksport bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar uchun sun’iy intellekt asosida ishlaydigan B2B mijozlarni qidirish tizimi hisoblanadi.
➡️Ko‘p funksiyali mobil platforma loyihasi - ushbu platforma quyidagi imkoniyatlarni o‘z ichiga oladi:
↪️Qisqa va uzun videolarni tomosha qilish,
↪️Market – yangi va B/U mahsulotlarni sotish va xarid qilish,
↪️Chat – do‘stlar bilan muloqot qilish,
↪️Ish qidirish – ish e’lonlari va bandlik imkoniyatlari.
Uchrashuvda shahar hokimi yosh startapchilar bilan muloqot qilib, ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, startap ekotizimini rivojlantirish hamda bunday loyihalarni amaliyotga joriy etish muhimligini ta’kidladi.
Shuningdek, shahar hokimi tomonidan startap loyihalari mualliflariga tashakkurnomalar topshirildi.
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati









