NAVOIY SHAHRIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
2026-02-07 16:30:00 / Yangiliklar

NAVOIY SHAHRIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Bugun viloyat hokimi o'rinbosari Malika Mamadiyarova, Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev, shahar prokurori B.Oblaqulov, shahar IIB boshlig‘i A.Qodirov, shahar hokimi o'rinbosarlari hamda tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida “Kimyogar” mahallasida joylashgan “Monomarkaz” binosida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularning aksariyati shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha esa mas’ul tashkilotlarga belgilangan tartibda ijro uchun yo‘naltirilib, ularning bajarilishi qat’iy nazoratga olindi.
Qabul davomida aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy, huquqiy, kommunal va boshqa masalalar yuzasidan ochiq muloqotlar olib borildi. Fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida va samarali yechim topish, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda murojaatlar ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
Mazkur sayyor qabul aholining muammolarini joyida hal etish, davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
BATAFSIL VIDEO
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati







