SHAHAR HOKIMI HUDUDLARDA
2026-02-07 15:30:00 / Yangiliklar

SHAHAR HOKIMI HUDUDLARDA
Bugun Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev Nizomiy ko‘chasida amalga oshirilayotgan “Sohil bo‘yi” drayver loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida shahar hokimi loyiha hududida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari, infratuzilmani yaxshilash, hududni zamonaviy va aholi uchun qulay maskanga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, loyiha tashabbuskorlari hamda pudratchi tashkilotlar mas’ullari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ishlarning belgilangan jadval asosida sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi, xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish, shuningdek, loyiha doirasida yaratiladigan sharoitlarning aholiga qulay va zamonaviy bo‘lishi masalalari muhokama qilindi.
Shahar hokimi tomonidan mas’ullarga ishlarni tizimli va muvofiqlashtirilgan holda olib borish, loyiha ijrosini qat’iy nazoratga olish hamda belgilangan vazifalarni sifatli bajarish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Mazkur loyiha Navoiy shahrining infratuzilmasini rivojlantirish, aholi uchun dam olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati




