TEZKOR-SHTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
2026-02-06 19:10:00 / Yangiliklar

TEZKOR-SHTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
Bugun Navoiy viloyati IIB boshlig‘i A.Tasbayev Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev va boshqa mas’ullar bilan birgalikda Navoiy shahar hokimligida tashkil etilgan Chilonzor tajribasi asosida tashkil qilingan tezkor-shtab faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilikning oldini olish va fuqarolarning tinch-osoyishta yashashini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shahar hududida 33 ta mahalla mavjud bo‘lib, ularga 17 nafar rahbar va 33 nafar xodim biriktirilgan.
Tezkor-shtab faoliyati Chilonzor tumani tajribasi asosida joriy etilgan bo’lib, shahar mahallalarida xavfsizlikni mustahkamlash va jinoyatchilikka qarshi samarali kurashni ta’minlashga xizmat qiladi.
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati






