SHAHAR HOKIMI HUDUDLARDA
2026-02-06 13:35:00 / Yangiliklar

SHAHAR HOKIMI HUDUDLARDA
Bugun Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev boshchiligida Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida bo‘lib o‘tgan tashrif davomida, binodagi issiqlik tizimi holati, ta'lim sifati hamda “Stomatologiya” yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Mazkur yo‘nalish o‘quvchilari uchun amaliyot o‘tash imkoniyatlarini kengaytirish hamda aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish maqsadida stomatologik poliklinika tashkil etilib, qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Loyiha natijasida texnikumning byudjetdan tashqari mablag‘lari oshirilishi, xodimlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda 7 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati





