RO‘YXATGA OLISH TADBIRLARIDA “TINCHLIK” MAHALLASI NAMUNA
2026-02-03 20:05:00 / Yangiliklar

RO‘YXATGA OLISH TADBIRLARIDA “TINCHLIK” MAHALLASI NAMUNA
Yurtimizda 15-yanvardan boshlab aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha davlat miqyosidagi tadbirlar boshlangan bo‘lib, ushbu jarayon ayni kunlarda ham izchil davom etmoqda.
Mazkur tadbir doirasida Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev ro‘yxatga olish ishlarining birinchi bosqichida faol ishtirok etib, yuqori faollik va mas’uliyat namoyon etgan “Tinchlik” mahallasi faollarini munosib taqdirladi.
Shuningdek, ro‘yxatga olish tadbirining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi muhim ahamiyati alohida ta’kidlanib, ushbu jarayonda mahalla faollarining tashabbuskorligi, mas’uliyati va aholi bilan samarali ishlash tajribasi e’tirof etildi.
Shuningdek, faollarning olib borayotgan ishlari ro‘yxatga olish jarayonining belgilangan muddatlarda, sifatli va to‘liq amalga oshirilishiga xizmat qilayotgani qayd etildi.



