NAVOIY SHAHAR HOKIMI MEHNAT YARMARKASI JARAYONLARI BILAN TANISHDI
2026-01-21 14:05:00 / Yangiliklar

NAVOIY SHAHAR HOKIMI MEHNAT YARMARKASI JARAYONLARI BILAN TANISHDI
Navoiy viloyatida xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun xalqaro mehnat yarmarkasi hamda mehnat forumi tashkil etildi.
Tadbir Navoiy viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi hamda Xususiy bandlik agentliklari federatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda xorijiy davlatlarda qonuniy va xavfsiz mehnat faoliyatini amalga oshirish, fuqarolarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash hamda mehnat migratsiyasini tartibga solishga qaratilgan imkoniyatlar keng namoyish etildi. Yetakchi xususiy bandlik agentliklari tomonidan taklif etilayotgan ish o‘rinlari, mehnat shartlari va ish haqi masalalari yuzasidan fuqarolarga batafsil tushuntirishlar berildi.
Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev mazkur Mehnat yarmarkasi jarayonlari bilan bevosita tanishib, ishtirokchi tashkilotlar faoliyati, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda xorijga ishlash uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida mas’ullardan ma’lumotlar oldi.






