SHAHAR HOKIMI HUDUDLARDA
2026-01-19 13:05:00 / Yangiliklar

SHAHAR HOKIMI HUDUDLARDA
Bugun Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev shahrimizning bir qator mahallalari hududlarida, xususan, "Yangiobod", "Lochin", "Janubiy", "Farovon" va "Kimyogar" mahallalarida bo‘lib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarining borishi, mazkur tadbirni muvofiqlashtirish maqsadida tashkil etilgan shtablar faoliyati, shuningdek, mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar holatini joyida o‘rgandi.
Tashrif davomida shahar hokimi ro‘yxatga olish jarayonida ishtirok etayotgan xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, ish joylarining jihozlanganligi, issiqlik tizimi va elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik holati, shuningdek, boshqa zarur infratuzilma masalalari bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, mahallalarda aholi bilan olib borilayotgan tushuntirish va targ‘ibot ishlari, fuqarolar faolligini oshirish, ro‘yxatga olish jarayonlarining belgilangan tartib va talablar asosida olib borilayotgani hamda har bir yo‘nalish bo‘yicha yuklatilgan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi holatlari birma-bir ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar davomida ayrim yo‘nalishlarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul rahbar va mutaxassislarga tezkor bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
O’rganish yakunida shahar hokimi aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini Navoiy shahrida namunali, sifatli va shaffof tarzda tashkil etish, jarayon davomida aholi bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlash muhim ekanini qayd etdi.









