Korrupsiyaga qarshi kurash- SEMINAR
2025-12-05 14:05:00 / Yangiliklar

9 DEKABR - XALQARO KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH KUNI
Bugun Navoiy shahar hokimligida 9 dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan muhim seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shahar hokimligi apparat xodimlari ishtirok etdi.
Seminar davomida korrupsiyaning jamiyat hayotiga, davlat xizmatiga va taraqqiyotga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri, uning huquqiy oqibatlari, shuningdek ushbu illatning oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbirda korrupsiyaning davlat boshqaruvidagi salbiy oqibatlari, xodimlar faoliyatida halollik va shaffoflikni ta’minlash yo‘llari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik turlari va amaldagi qonunchilik talablari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Seminar yakunida shahar hokimligi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi mas’ul xodimi M.Shodiyev tomonidan korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar, amaliy mexanizmlar va kelgusidagi rejalar bo'yicha batafsil ma'lumotlar berildi






