9 MAY — XOTIRA VA QADRLASH KUNI
2026-05-09 10:45:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Bu sana — tinchligimizning bahosi qanchalar og‘ir bo‘lganini yana bir bor yurakdan his etadigan kun. Bu kun — Vatan deb jonini fido qilgan ota-bobolarimiz xotirasiga ehtirom, safimizda yurgan mehnat va urush faxriylariga cheksiz minnatdorlik izhor etiladigan muborak ayyomdir.

Bugun har bir xonadonda tinchlik bo‘lsa, bolalarimiz erkin va baxtli ulg‘aysa, bu — yurt deb kurashgan insonlarning jasorati, matonati va sabr-bardoshi samarasidir.
Biz faxriylarimiz oldida doimo qarzdormiz. Ularning hayot yo‘li, vatanparvarligi va insoniy fazilatlari yosh avlod uchun ibrat maktabi bo‘lib qolaveradi.
Qadrli nuroniylar, muhtaram faxriylar!
Sizlarga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman. Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin.
Xotira bor ekan — millat barhayot. Qadr bor ekan — inson ulug‘.
Xotira va qadrlash kuni muborak bo‘lsin!
✏️Hurmat bilan, Normat Tursunov
Navoiy viloyati hokimi
