NARPAY TUMANIDA G‘ALLADAN BO‘SHAGAN YERLARDAN SAMARALI FOYDALANILMOQDA
2025-08-06 11:55:00 / Yangiliklar

Narpay tumanida g‘alladan bo‘shagan maydonlardan samarali foydalanish, takroriy ekinlarni sifatli ekish, ishsiz fuqarolarni ish bilan band qilish va bozorlarni arzon, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida "Suv tekin emas!" shiori ostida seminar o‘tkazildi.
2025-yil hosildorlik mavsumi yakuni bilan tumanda jami 6319 gektardan ortiq maydonda takroriy ekinlar ekilishi rejalashtirilgan.
Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ekinlar joylashtiriladi:
•Sabzavot – 292 gektar;
•Kartoshka – 250 gektar;
•Moyli ekin – 391 gektar;
•Dukkaklilar – 3106 gektar;
•Ozuqa ekinlari – 2280 gektar.
Mazkur rejalarni amaliyotda samarali yo‘lga qo‘yish va fermerlarga zarur ko‘nikmalarni berish maqsadida Zarafshon massivi hududidagi "Oyto'la" fermer xo‘jaligida amaliy seminar tashkil etildi.
Alohida faollik ko‘rsatayotgan ilg‘or fermer xo‘jaliklar "Xotira Xasanova", "Yuldosh Toshnazar", "Paxtakor", "G‘alaba Turon dalasi", "Egamberdi Bo'ston dalasi", "Vahob Ravshanov", "Jon Rahim", "Narpay Muhabbat ona dalasi", "Muhammad Qo'chqor", "Shomirzo Qodirov chorvalari", "Narpay Bilolbek", "Nafisgul Orzu NRO", "Qoraqipchoq", "Ahmat Baxt dalasi", "Naxripay", "Oqtosh Farrux Abror", "Absalom Xushmatov", "Bolg'ali", "Ismat Sarkor" fermer xo‘jaliklaridir.
Tumanda olib borilayotgan bu kabi tizimli ishlar – oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, eksport hajmini oshirish va ichki bozorni narx-navo barqarorligini taʼminlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Narpaylik dehqon va fermerlar bugungi murakkab iqlim va iqtisodiy sharoitlarda yurtimiz farovonligi yo‘lida o‘zining fidokorona mehnati bilan ulkan hissa qo‘shmoqda.

