KORRUPSIYA TARAQQIYOT KUSHANDASI
2025-06-20 19:50:00 / Majlislar
Narpay tumani prokurori A.O.Tuychiyev tuman prokuraturasi hamda tuman tijorat banklari o‘rtasida ishlab chiqilgan “Korrupsiyaning oldini olish va unga qarashi kurashish borasida 2025-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bo‘yicha” qo‘shma yo‘l xaritasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tijorat banklari va mas’ullari ishtirokida tanqidiy muhokama o’tkazdi.
Yig‘ilish davomida tumandagi tijorat banklarining rahbar va xodimlari korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymasligi bo‘yicha ogohlantirilib, ulardan korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish, shu jumladan, maishiy korrupsiyaga barham berish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish bo‘yicha tilxatlar olindi.

