TIBBIY XIZMAT SIFATI — DOIMIY E'TIBOR MARKAZIDA
2025-06-10 13:55:00 / Press-relizlar
#press-tur
📍Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli OSHP, OP va KTMP filiallarida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida press-tur tashkil etildi.
✅ Press-tur davomida joylarga chiqib, birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, shifokor va hamshiralar faoliyati, shuningdek, aholi murojaatlariga xizmat ko‘rsatish holatini o‘rgandilar.
Tibbiyot muassasalaridagi infratuzilma, dori vositalari bilan ta’minot, sanitariya-gigiyena talablari va elektron tibbiyot kartalari bilan ishlash jarayonlari amalda ko‘zdan kechirildi.
📈Tashrif davomida so‘nggi yillarda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati oshgani, jarayonlarda ochiqlik va shaffoflik tamoyillari yo‘lga qo‘yilgani alohida ta’kidlandi.
🩺Press-tur ishtirokchilari joylarda olib borilayotgan islohotlar, ijobiy o‘zgarishlar va mavjud muammolar bo‘yicha o‘z xulosalarini berdi.

