URUG‘LIK G‘ALLA YETISHTIRISH ISTAGIDA BO‘LGAN FERMER XO‘JALIKLARI VA QISHLOQ XO‘JALIGI TASHKILOTLARI RAHBARLARI DIQQATIGA!
2026-07-23 17:55:00 / Yangiliklar

📢E'LON
URUG‘LIK G‘ALLA YETISHTIRISH ISTAGIDA BO‘LGAN FERMER XO‘JALIKLARI VA QISHLOQ XO‘JALIGI TASHKILOTLARI RAHBARLARI DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PQ–106-sonli qaroriga asosan, 2027-yil hosili uchun urug‘lik g‘alla yetishtirish huquqini qo‘lga kiritish istagida bo‘lgan subyektlar o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi.
🗓Tanlov muddati:
2026-yil 15-iyuldan 2026-yil 5-avgustgacha
🖥Tanlov “e-urug‘” (e-seeds) axborot tizimi orqali o‘tkaziladi, bu tizim tanlovning shaffof va adolatli tarzda tashkil etilishini ta’minlaydi.
📌Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi tashkilotlari
📲Ariza topshirish tartibi:
Arizalar “e-urug‘” tizimi orqali elektron tarzda qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun murojaat qiling:
📍Narpay tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi
📞Telefon: 97 398 98 06
