"Ayollar daftari" doirasida sayyor qabul o'tkazildi
2026-06-29 12:55:00 / Uchrashuv

Narpay tumani hokimining o'rinbosari, oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i Mavjuda Jamankulova, tegishli mas'ullar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirokida "Ayollar daftari" 7-bosqichining 5-toifasi – huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida xotin-qizlar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, yuzaga kelgan muammolarni qonuniy asosda hal etish yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, har bir murojaat atroflicha o'rganilib, mas'ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Bunday sayyor qabullar xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va muammolarini o'z vaqtida bartaraf etishga xizmat qilmoqda.
Ma'lumot uchun, "Ayollar daftari" 5-toifasida quyidagi 7 turdagi ishlar amalga oshiriladi:
