NOQONUNIY REKLAMALARGA QARSHI REYDLAR DAVOM ETMOQDA!
2025-11-12 17:55:00 / Munosabat

DIQQAT!
NOQONUNIY REKLAMALARGA QARSHI REYDLAR DAVOM ETMOQDA!
Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!
Noqonuniy reklama o‘rnatish qonunbuzarlik hisoblanadi va bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 70 baravarigacha jarima qo‘llanishiga sabab bo‘lishi mumkin!
Tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan reklama va peshlavhalarning davlat tilida yozilishi, shuningdek, “Reklama to‘g‘risida”gi va “Davlat tili haqida”gi qonunlarga muvofiqligini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Mahsulot va xizmatlaringizni targ‘ib qilishda qonun talablariga qat’iy rioya eting.
Qonunlarga amal qilmaslik ma’muriy va moddiy javobgarlikka olib kelishini unutmang.
Toza, tartibli va qonuniy reklama — tumanning obro‘si, tadbirkorning ishonchi!









