Maromiylik
2025-11-12 17:55:00 / Uchrashuv

TO‘Y VA MAROSIMLARDA TARTIBGA OLISH LOZIM
Narpay tumani “Gulshan” madaniyat uyida “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarning o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishda davlat va jamoat tashkilotlarining roli” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mahalla raislari, nuroniylar va jamoatchilik vakillari faol ishtirok etib, bugungi kunda to‘y va marosimlarni o‘tkazishdagi isrofgarchilik, me’yorlardan chetga chiqish holatlari hamda ularning ijtimoiy hayotga ta’siri yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdi.
Suhbat davomida milliy an’analarni asrab-avaylash, lekin ularni zamonaviy tartib va me’yorlar bilan uyg‘unlashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Bu orqali nafaqat oilaviy farovonlik, balki jamiyat madaniy darajasini oshirish, odob-axloqni mustahkamlash hamda ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, to‘y va marosimlarni tartib bilan o‘tkazish – iqtisodiy tejamkorlik, ijtimoiy barqarorlik va milliy qadriyatlarning asrlar davomida saqlanib qolishiga xizmat qilishi alohida e’tirof etildi.
Mazkur yo‘nalishda mahalla va jamoat tashkilotlarining faol ishtiroki, aholiga tushuntirish-targ‘ibot ishlarini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, to‘y va marosimlarda tartib – bu faqatgina qonun talabi emas, balki xalqimiz madaniy saviyasi, milliy g‘ururi va ijtimoiy mas’uliyatining yorqin ko‘zgusidir.



