FARMON IJROSI AMALDA
2025-11-07 17:25:00 / Majlislar

FARMON IJROSI AMALDA
Narpay tuman hokimligi majlislar zalida tuman hokimi, tuman prokurori, tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi boshchiligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-yanvardagi "Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi PF-11-sonli Farmonining tumandagi ijrosini taʼminlashga qaratilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Tuman hokimining tegishli oʻrinbosarlari, tuman soliq inspeksiyasining barcha xodimlari, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari ishirok etgan yigʻilishda yashirin iqtisodiyot ko‘lamini keskin qisqartirish orqali tadbirkorlar oʻrtasida sog‘lom raqobat va xususiy biznesni rivojlantirish, tumanda xufiyona ishlab chiqarish va noqonuniy moliyaviy oqimlarga barham berish, bu borada keng jamoatchilikda bunga nisbatan murosasizlik hissini shakllantirish masalalari ilgari surildi.
Shuningdek, bugungi kunga qadar soha boʻyicha hududda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, farmonda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlashda sustkashlikka yoʻl qoʻyayotgan masʼullar jiddiy ogohlantirildi.
Yigʻilish soʻngida, kelgusida qilinishi kerak boʻlgan amaliy ishlar yuzasidan chora-tadbir belgilab olinib, ijrosi nazoratga olindi.








