Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish maqsadida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
2025-05-27 12:00:00 / Yangiliklar

"Dambog‘" mahallasida tashkil etilgan qabulda ushbu mahalladan saylangan shahar kengashi deputati Fotima Toshmatova ishtirok etdi. Sayyor qabul davomida 40 nafardan ortiq fuqaro o‘z muammolari bilan murojaat qildi. Ularning murojaatlari asosan gaz ta’minoti, kanalizatsiya, suv, yo‘llarni ta’mirlash masalalari, salomatlikni tiklash, moddiy yordam, pensiya, tikuv mashinasi olish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, uy-joy, kadastr masalalari kabi yo‘nalishlarga tegishli bo‘ldi.
Shahar hokimi har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ularni ijobiy hal etish uchun tegishli choralar ko‘rildi. Shoshilinch hal etilishi mumkin bo‘lgan muammolar joyida hal etildi, ayrim masalalar esa vaqt va mablag‘ talab etgani uchun nazoratga olindi.
Mazkur sayyor qabul fuqarolar muammolarini samarali hal etish va aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlashga qaratilgan.
Namangan shahar hokimligi axborot xizmati.









