Namangan shahar hokimi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
2025-04-21 18:30:00 / Yangiliklar
Namangan shahridagi "Barkamol avlod" kichik sanoat zonasida shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev mahalliy va xorijiy tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Ushbu uchrashuv tadbirkorlar faoliyatidagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari yuzasidan jonli muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida tadbirkorlar o‘z taklif va muammolarini bildirishdi. Jumladan, gaz ta’minoti, kredid olish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, eksport sohasi, korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazishdagi muammolar hamda bo‘sh ish o‘rinlariga malakali ishchilarni jalb etish kabi masalalar ko‘tarildi.
Har bir murojaatga alohida yondashilgan holda, tegishli mutasaddilarga mas’uliyat bilan yondoshish yuklatildi. Vaqt talab qiladigan ayrim masalalar esa shaxsan shahar hokimining nazoratiga olindi.
Muloqot tadbirkorlik muhitini yaxshilash, ishbilarmonlar faoliyatiga qulaylik yaratish va yangi ish o‘rinlari tashkil etishga ham alohida e’tibor qaratildi.
Namangan shahar hokimligi axborot xizmati






