Namanganda yana Gullar bayrami! Eng katta festivalga tayyor turing!
2025-04-09 12:30:00 / Yangiliklar

#FlowerFestNamangan2025
🔰 Aziz hamyurtlar va shahrimiz mehmonlari!
📌 Namanganda yana Gullar bayrami!
Eng katta festivalga tayyor turing!
▫️25 maydan 29 iyungacha «64-Xalqaro Gullar festivali» sizga yorqin gullar, ajoyib tadbirlar va unutilmas taassurotlar olamini taqdim etadi!
Festival dasturi – har kuni qizg‘in tadbirlar:
🌸 100 milliondan ortiq gullar bilan bezatilgan shahar
🌸 Jahon va milliy estrada yulduzlari ishtirokida konsertlar
🌸 Fashion Week 2025 – yirik modalar haftaligi
🌸 Xalqaro va mahalliy sport musobaqalari
🌸 «Talant shou», «Ovoz» va «X-Factor» tanlovlari
🌸 Ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar
🌸 Kattalar va bolalar uchun spektakllar va sirk tomoshalari
🌸 Xalqaro hunarmandchilik ko‘rgazmalari
🌸 Kulgu kechalari
🌸 «Dunyo taomlari Namanganda» – gastronomik turizm tadbirlari
🌸 «Lavanda sayli» va dron-shoular.
Gullar sehri va bahor nafasi sizni kutmoqda!
Festival quvonchini o‘tkazib yubormang!








